O‘zbekiston | 11:51 / 30.05.2022
13412
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Bugun respublika hududining katta qismida quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Kunduzi havo harorati 25-28 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, asosan, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Ertaga va ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim kunlari tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat asta-sekin ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib, 1-2 iyun kunlari kechalari 15-18 daraja iliq, kunduz kunlari 31-34 daraja issiq atrofida, janubda va cho‘l hududlarida 35-37 daraja issiqqacha bo‘ladi. 3 iyun juma kuni harorat foni 2-3 darajaga pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid