O‘zbekiston | 11:15 / 31.05.2022
19868
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 1 iyun kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

Chorshanba kuni shamol tezligi kuchayishi, tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» O‘zbekistonda 1 iyun kuni kuzatilishi kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumot berdi.

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-16 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Mavzuga oid