Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoning ayrim hududlarida dalalarni chigirtka bosgani aytilmoqda
Ma’lum bo‘lishicha, mahalliy chigirtkalar ekinlarga xavf solmaydi. Faqat Marokash chigirtkasi zararkunanda hisoblanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida chigirtka tarqalgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea joyida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilgan.
O‘rganishda aniqlanishicha, O‘zbekistonda chigirtkalarning 200ga yaqin turi mavjud. Ularning 6-8 turi yaylov va qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltiradi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda aytilgan chigirtkalar mahalliy va Marokash turiga oid bo‘lib, mahalliy chigirtka ekinlarga xavf solmaydi. Marokash chigirtkasiga qarshi mavsumda uyg‘unlashgan himoya chora tadbirlari o‘tkazib kelinadi.
Jumladan, bugungi kungacha Qashqadaryo viloyatida 87 980 gektar, shu jumladan Dehqonobod tumanida 16 222 gektar maydonda zararli chigirtkaga qarshi kurash ishlari olib borilgan.
Hozirda mazkur zararkunandalarga qarshi kurash bo‘yicha agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, hududga 25 ta traktor purkagichlari, 6 ta UMO-purkagichli maxsus avtomashina, 1 ta trisikl jalb etilgan bo‘lib, shuningdek qo‘l apparatlari yordamida ham zararsizlantirish jarayonlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026