Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hurmatli fuqarolar, tadbirkor va ishbilarmonlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlari boshlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “YERXUSUSIYLASHTIRISH” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun murojaatlar kelib tushishi boshlandi.
Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, “Yog‘ bozori” MFY, O. Maxmudov ko‘chasi 27-uyda yashovchi fuqaro Muxamadiyev Ramz Erkinovichga qarashli meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan 271 kv.m yer maydoniga fuqaroning tegishli arizasiga muvofiq mulk huquqini beruvchi ENG BIRINChI DAVLAT ORDeRI rasmiylashtirildi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamoasi Ramz Erkinovichni Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida boshlangan islohotlardan birining birinchi samarasi sohibi bo‘lganliklari bilan samimiy muborakbod etadi!
Bundan tashqari, qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini tadbirkorlik faoliyati uchun mulk va ijara huquqi asosida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotib olish imkoniyati yaratildi.
Joriy yil 1 iyun holatiga respublika bo‘yicha jami 22 mingdan ortiq yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, shundan 10 mingga yaqini mulk huquqida 1 185 ta yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan jami 140,1 mlrd so‘mga sotildi, shundan mulk huquqi bilan sotilgan yer uchastkalari 68 tani tashkil etadi.
Jumladan, “SAM-MAROQAND-OIL” MChJ tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali Samarqand shahar, “Rasadxona” MFY hududidagi sotib olingan 1 410 kv.m. yer uchastkasi uchun birinchi raqamli “Yer uchastkasiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi” berildi.
“SAM-MAROQAND-OIL” MChJ jamoasi va ta’sischilarini shaffof elektron auksion savdolarida ishtirok etib g‘olib bo‘lganliklari bilan qutlaymiz!
Fuqarolar, tadbirkor va ishbilarmonlarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali shaffof savdolarda ishtirok etishga hamda umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer maydoniga mulk huquqini rasmiylashtirish jarayonida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Mavzuga oid
20:06 / 15.06.2026
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
09:00 / 14.06.2026
“GAI”dan takliflar, renovatsiya qonuni va qaytarib olingan zavod – hafta dayjesti
12:35 / 04.06.2026
Mobiuz aloqa operatori 351 mln dollarga sotildi
17:27 / 02.06.2026