Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi
Prezidentning “Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasini qabul qilish zaruriyati quyidagilar bilan asoslangan:
birinchidan, 2023 yil 1 apreldan boshlab parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, subsidiyalar ajratish va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi faqatgina “my.vetgov.uz” saytida ro‘yxatdan o‘tgan hamda belgilangan tartibdagi mezonlarga mos keluvchi parrandachilik xo‘jaliklariga beriladi;
ikkinchidan, “my.vetgov.uz” sayti parrandachilik sohasidagi ma’lumotlarni tizimli tahlil qilish uchun soliq xizmati, statistika, bojxona, veterinariya organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar axborot mahsullari bilan integratsiya qilinadi;
uchinchidan, mahalliy va import orqali zaxira qilingan bug‘doyni sotib olish uchun O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasidagi savdolarda faqat parrandachilik xo‘jaliklari va parranda omixta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlari qatnashishi belgilanadi;
to‘rtinchidan, belgilangan tartibda va me’yorlarga muvofiq “my.vetgov.uz” saytida ro‘yxatdan o‘tgan parrandachilik xo‘jaliklari parranda bosh soniga va parranda omixta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlari ishlab chiqarish quvvatlariga mutanosib hajmlarda bug‘doyni birja savdolari orqali sotib olishi mumkin bo‘ladi.
Bildirilishicha, qaror loyihasi qabul qilinishi orqali:
sohada ilmiy-texnik yondashuvlar va axborot texnologiyasidan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yiladi;
parrandachilik xo‘jaliklari haqiqiy ishlab chiqarish quvvatlarini, shuningdek, ozuqa yem mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji va subsidiyalar ajratish miqdorini aniqlash mezonlari joriy etiladi;
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan tijorat banklari tomonidan parrandachilik va omixta yem mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlariga muddati uzaytirilgan kreditlar bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari mos ravishda qayta hisob-kitob qilinadi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
12:55 / 27.02.2026