Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga xurmo sovg‘a qildi
Saudiya Arabistoni podshohligi tomonidan O‘zbekistonga xurmo mahsulotlari sovg‘a sifatida taqdim etildi. 7 iyun kuni ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi Yusuf ibn Solih al-Gahra al–Utaybiy podshoh Salmon nomidagi yordam va insonparvarlik ishlari markazi delegatsiyasi a’zolari bilan ushbu xurmoni topshirish marosimida qatnashdi.

Shuningdek, marosimda O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Islom sivilizatsiya markazi direktori o‘rinbosari Firdavs Xalimov, «Vaqf» xayriya jamoat fondi boshqaruv kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Muzaffar Salomov ishtirok etdi.
Tadbirda Homidjon Ishmatbekov Saudiya Arabistoni podshohligi hukumati va podshoh Salmon nomidagi yordam va insonparvarlik ishlari markaziga sovg‘a uchun minnatdorchilik bildirib, uning birinchi marta taqdim etilmayotgani va bunday xayriya ishlari o‘zaro aloqalar ramzi ekanini ta’kidladi.

Elchi esa O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning turli sohalarda Saudiya – O‘zbekiston aloqalari rivojlanishida tutgan muhim o‘rnini qayd etib o‘tdi. Xususan, so‘nggi ikki yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada rivojlangani ta’kidlandi.

Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026