Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlarga xorijiy tillarni o‘rganishi uchun 7,2 mln so‘mgacha subsidiya beriladi
Tadbirkorlik boshlash, chet tili va IT'ni o‘rganish, ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi turli kurslarga borish uchun yoshlarga budjetdan pul to‘lanadigan bo‘ldi. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning kontrakt pullari bir qismi qoplab beriladi.
Hukumatning 7 iyun kungi 312-son qarori bilan, “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, nizom asosida yoshlarga quyidagi miqdorlarda subsidiyalar ajratiladi:
- 0,1 gektardan 1 gektargacha yer maydoni ajratilgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun BHMning 8 baravarigacha;
- tadbirkorlik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha;
- yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha 6 oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha;
- yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi 6 oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning 1 baravarigacha;
- yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish uchun ishtirokchilarning yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha hamda ushbu olimpiada, tanlov va musobaqalarning xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun BHMning 40 baravarigacha;
- “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bemor yoshlarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy uchun ijara kompensatsiyasi har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda.
Ma’lumot uchun, 2022 yil 1 iyundan boshlab bazaviy hisoblash miqdori 300 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Shuningdek, nizomga asosan, quyidagi yordam turlari faqat “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatiladi:
- moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam (BHMning 4 baravarigacha) beriladi;
- yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi (bir oygacha BHMning 4, bir oydan ikki oygacha BHMning 8, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun BHMning 12 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi) qoplab beriladi;
- tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlarga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi;
- Respublikadagi professional ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan, shuningdek, O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi;
- Yoshlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkilotining 3 oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi;
- nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yoshlarga yakka tartibdagi o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.
Mavzuga oid
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
10:24 / 24.05.2026