Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reklamada narxlarni chet el valutasida ko‘rsatish taqiqlandi
Reklamada milliy va oilaviy an’analarga zid bo‘lgan obrazlardan foydalanish ham taqiqlanadi.
“Reklama to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Reklamada quyidagilar taqiqlanadi:
- maktabgacha ta’limda hamda tarbiyada, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’limda foydalaniladigan bosma nashrlarda (darsliklarda, maktab kundaliklarida, maktab daftarlarida va boshqalarda) tovarlarni reklama qilish;
- narxlarni (tariflarni) chet el valutasida ko‘rsatish;
- bolalarni ular sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yosh tasnifini ko‘rsatmasdan reklama qilish;
- milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyat umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish.
Voyaga yetmaganlar ishonchini va tajribasi yetishmasligini suiiste’mol qilishdan himoya etish maqsadida reklamada quyidagilar taqiqlanadi:
- xavfli vaziyatlarda, ular hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etishga, o‘z sog‘ligiga zarar yetkazishga undovchi vaziyatlarda voyaga yetmaganlarni namoyish etishdan foydalanish;
- ota-onalar va tarbiyachilarni obro‘sizlantirish, voyaga yetmaganlar ularga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazish;
- voyaga yetmaganlar olishi yoki iste’mol qilishi taqiqlangan tovarlarni voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan telekanallarda, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarda reklama qilish.
Dori vositalarini reklama qilishda taniqli shaxslar, tibbiyot xodimlari yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlar tashqi ko‘rinishiga o‘xshash shaxslar ishtirok etishi taqiqlanadi.
Telekanallar efirida, tele-, video-, kinoxronikali dasturlarda tarqatilayotgan reklama umumiy davomiyligi ko‘rsatuv vaqti 1 soati davomida 20 foizdan, biroq bir sutkada ko‘rsatuv vaqti 15 foizidan oshishi mumkin emas. Talab faqat reklama teledasturlariga ixtisoslashtirilgan telekanallarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Davomiyligi 10 daqiqadan kam bo‘lgan teleko‘rsatuvlarni reklama bilan uzib qo‘yishga va reklama bilan birga namoyish etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026