Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida poyezdlar qatnovi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi
«Rossiyskiye jyelezniye dorogi» (RJD) O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi dastlabki poyezdlar qatnovi bo‘yicha jo‘nab ketish sanalarini e’lon qildi.
Iyun oyida «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibiga kiruvchi quyidagi xalqaro poyezdlar qatnovi jadvalga qaytariladi:
23 iyundan Toshkent - Samara poyezdi haftasiga bir marta Toshkentdan (payshanba kunlari) va Samaradan (yakshanba kunlari) jo‘naydi;
25 iyundan Toshkent - Volgograd poyezdi haftasiga bir marta Toshkentdan (shanba kunlari) va Volgograddan (seshanba kunlari) jo‘naydi.
Poyezd chiptalari tez orada sotuvga chiqadi. Yo‘lovchilar chiptalarni jo‘nashdan 45 kun oldin sotib olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya fuqarolari uchun mamlakatlarga kirishda ilgari mavjud bo‘lgan barcha sanitariya cheklovlari olib tashlandi, PZR testi talab qilinmaydi.
Mavzuga oid
17:21
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
22:31 / 16.06.2026