O‘zbekiston | 17:23 / 11.06.2022
10524
1 daqiqa o‘qiladi
Respublika oliy ta’lim kengashiga yangi vakolatlar berildi
Hukumat qarori bilan Respublika oliy ta’lim kengashi tarkibi yangilandi, kengashga yangi vakolatlar berildi.
“Rasmiy xabarlar” kanalida yozilishicha, kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq endilikda:
- oliy ta’lim sohasiga tegishli barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari kengash bilan kelishiladi;
- Respublika oliy ta’lim kengashi Toshkent davlat transport universiteti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi;
- respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari va rektorlarning mustaqil reytingini shakllantirish hamda ularning yillik o‘sish dinamikasini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy masalalarda ko‘maklashiladi;
- oliy ta’lim muassasalari rektor lavozimlariga munosib nomzodlarni saralash hamda boshqaruv kadrlar zaxiralarini shakllantirish maqsadida “Rektorlar maktabi” tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent davlat transport universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan Odil Abdurahmonov bir vaqtning o‘zida kengashga raislik qiladi.
Mavzuga oid
12:09 / 04.04.2024
Oliy ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
11:55 / 04.04.2024
Oliy ta’lim vazirining ikki o‘rinbosari lavozimini tark etdi
14:37 / 07.03.2024
“Yopilayotgan nodavlat OTM talabalari o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha maxsus komissiya qarorini kutyapmiz” – Vazirlik
15:04 / 21.02.2024