Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar Oliy sud raisini saylash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi
Senatning yigirma yettinchi yalpi majlisi 2022 yil 13 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Oliy Majlis Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisini 2022 yil 13 iyun kuni chaqirish to‘g‘risida Senat kengashi qarori qabul qilindi.
Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, navbatdagi yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.
Jumladan, yalpi majlisda “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi, “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hamda “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qonunlar ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, senatorlar tomonidan O‘zbekiston Oliy sudi raisini saylash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqiladi.
13 iyun kuni soat 11:00 da o‘z ishini boshlaydigan Senat navbatdagi yalpi majlisi video-konferens-aloqa shaklida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:11 / 18.06.2026
Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimidan ozod etiladi
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026