Jahon | 13:58 / 12.06.2022
39958
5 daqiqa o‘qiladi
Donbassda artilleriya duellari va nobud bo‘lgan sigirlar. Urush suratlari
Urushning 108-kuni o‘tdi. Rossiya Donbassga hujumni davom ettirmoqda, tomonlar o‘rtasida artilleriyalar dueli ketmoqda. Okkupatsiya qilingan hududlarda Rossiya Kuniga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, Xerson shahar kengashi Ukraina qurolli kuchlari Xerson oblastida qarshi hujum qilayotganini xabar qilgan. Volodimir Zelenskiy Kiyevda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen bilan mamlakatning YeIga a’zo bo‘lib kirishi masalasida muzokaralar o‘tkazdi. Germaniya 22 iyungacha Ukrainaga qurol yetkazib berishni va’da qilmoqda.
Ukrainadagi urush. 11 iyunning asosiy voqealari
- Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovich urush davrida frontda taxminan 10 ming ukrain harbiysi halok bo‘lganini tasdiqladi.
- AQSh prezidenti Jo Bayden Volodimir Zelenskiy uning tez orada Rossiyaning keng ko‘lamli hujumi boshlanishi to‘g‘risidagi ogohlantirishlariga quloq solishni istamaganini aytdi. Bunga javoban ukrain amaldorlari Kiyev urushga tayyor bo‘lgani, G‘arb esa Moskva tajovuzini to‘xtatishga yordam bera olmagani haqida gapirishdi.
- Severodonetskda og‘ir ko‘cha janglari davom etmoqda, Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning ma’lumotiga ko‘ra, «Azot» kimyoviy zavodi intensiv o‘qqa tutilishi oqibatida o‘nlab tonna radiator moyi yonib ketgan. Gayday ukrain harbiylari ko‘cha janglarida ustun kelayotgani, ammo RF armiyasi artilleriya zarbalari orqali Ukraina qurolli kuchlari harbiylari yashiringan uylarni vayron qilayotganini ma’lum qilgan.
- Xerson va Melitopolda rossiyaliklar tomonidan tayinlangan «yangi hukumat» Rossiya pasportlarini tarqata boshladi. Zelenskiy bunday pasportlarni «faqat bir qancha kollaboratsionistlar va ularning atrofidagi odamlar» olganini aytdi. Ukrainlar prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi Xerson oblastidagi bir qishloqni ozod qilishgan va Zaporojye oblastida ma’lum muvaffaqiyatlarga erishgan.
- Kiyevga Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen tashrif buyurdi. U Ukraina prezidenti va bosh vazir bilan uchrashib, ular bilan mamlakatning Yevroittifoqqa a’zoligi masalasini muhokama qilgan.
Quyida 11 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kiyev oblasti
Xarkov
Nikolayev
Donbass
Mavzuga oid
14:51 / 16.09.2024
Rossiya qo‘shini Xarkivni bombalashda davom etmoqda - fotosuratlar
15:39 / 02.09.2024
Donbassda aholi evakuatsiya qilinmoqda, Kurskda minglab kishilar lagerlarda yashamoqda. Urush suratlari
14:25 / 18.08.2024
Kursk oblastidan qaytgan ukrainlar va Sudjadan ilk kadrlar. Urush suratlari
18:25 / 16.08.2024