Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida havo harorati yana ko‘tariladi
Bugun mamlakat hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, kunduzi termometr ustuni 30-35 daraja issiqdan yuqoriga ko‘tarilmaydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan biroz pastdir. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo‘ladi, faqat ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, shuningdek do‘l yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechalari 16-21 daraja iliq, kunduz kunlari 34-39 daraja issiq atrofida, janubiy va cho‘l hududlarida 40-42 daraja issiqqacha bo‘ladi.
13 va 14 iyun kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.