Jahon | 14:20 / 13.06.2022
24395
5 daqiqa o‘qiladi

Mariupolda «snos»ga tushgan uylar, Donbassda shiddatli janglar. Urush suratlari

Urushning 109-kuni o‘tdi. Rossiya hukumati Mariupol yuk tashish porti minalardan tozalanganini ma’lum qildi - va Ukrainaga shu yer orqali bug‘doy eksport qilishni taklif etdi. Donbass uchun jang davom etmoqda. Bosib olingan hududlarda Rossiya Kuni nishonlandi.

Ukrainadagi urush. 12 iyundagi asosiy voqealar

  • Rossiyalik harbiylar ishg‘ol qilgan Berdyansk va Melitopol shaharlarida portlashlar sodir bo‘ldi. Rossiya tomonidan tayinlangan «yangi hukumat»lar bu hodisalarni terakt deb baholagan; 
  • Dunyoning turli shaharlarida Rossiya Kuni bilan bir vaqtda urushga qarshi aksiyalar o‘tkazildi. Rossiyadagi aksiyalarda kamida 47 kishi qo‘lga olingan; 
  • Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an yaqin vaqt ichida Putin va Zelenskiy o‘rtasida «bug‘doy koridori» masalasida muzokara o‘tkazilishi kutilayotgani haqida xabar berdi; 
  • Britaniya razvedkasi Rossiya Severodonetskda bosqichma-bosqich ilgarilayotganini xabar qilgan. Lugansk harbiy ma’muriyati rahbari shaharga olib boruvchi uch ko‘prikdan ikkitasi butunlay vayron qilinganini, shaharning 70 foizi rossiyalik harbiylar nazoratida ekanini aytgan; 
  • Rossiya Ternopol oblastiga raketa zarbalari yo‘lladi. Rossiya mudofaa vazirligi hujumdan maqsad qurollar ombori ekanini aytgan. Mahalliy rasmiylar raketa zarbasi oqibatida tinch aholi vakillaridan 22 kishi jabrlanganini ma’lum qilgan.

Quyida 12 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Mariupol

Vayronaga aylangan uyda odamlar yashashda davom etmoqda, uy vaqtincha elektr kabeli orqali energiya bilan ta’minlangan. 12 iyun kuni Mariupol meri maslahatchisi Petro Andryushchenko Rossiya kuchlari shikastlangan uylar «ikki hafta ichida snos qilinishi» haqida ogohlantirib, aholidan uylarni tark etishni talab qilayotganini aytdi. Foto: Nikolay Trishin / TASS
Rossiyaliklar kemasi Mariupoldagi portda. Iyun oyi boshida Vladimir Putin Rossiya Ukrainadan bug‘doy eksport qilishiga xalaqit qilayotgani haqidagi xabarlarni «uydirma» deb atadi va Ukraina hukumatiga bug‘doy eksporti uchun Moskva tomonidan egallangan portlar, jumladan Mariupol portlaridan foydalanishni taklif etdi. Foto: Sergey Ilnitskiy / EPA / Scanpix / LETA
Rossiya maxsus kuchlari Mariupol yuk tashish porti atrofidagi sohilni minalardan tozalashi vaqtidagi portlash. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Mariupol va qo‘shni Berdyanskdagi portlar shtat rejimida ishlay boshlagan.
Yuriy Kadobnov / AFP / Scanpix / LETA

Melitopol 

Melitopolliklar Rossiya Kuni munosabati bilan markaziy maydonga yig‘ilishdi. Iyun oyida Zaporojye oblastida (Xersonda ham) Rossiya pasportlari tarqatilishi boshlandi. Rossiya davlat nashrlari region «harbiy-fuqarolik ma’muriyati kengashi a’zosi» deb atagan Volodimir Rogovning so‘zlariga ko‘ra, 70 mingdan ortiq kishi Rossiya pasportlarini olishga ulgurgan. Foto: Aleksey Konovalov / TASS
Zaporojye oblastining «yangi ma’muriyati» yil oxiriga qadar regionning Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha referendum o‘tkazilishini aytdi.
Aleksey Konovalov / TASS

Nikolayev oblasti 

Qurollarni tozalayotgan kishilar. Foto: Edgar Su / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain askari kartoshka tozalamoqda, orqa fonda okoplarda yashayotgan harbiylarning bolalari tomonidan chizilgan suratlar.
Edgar Su / Reuters / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Donbass shimoli 

Lisichansk atrofida artilleriya otishmalari davom etmoqda. Foto: Gleb Garanich / Reuters/ Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiylar Toshkovka posyolkasi atrofida. Foto: Aleksandr Reka / TASS
«LXR» harbiysi Toshkovkadan chekinayotgan Ukraina qurolli kuchlari texnikalari kolonnasiga zarba bermoqda.
Aleksandr Reka / TASS
Ukraina harbiylari hamda Rossiya va Donbassdagi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «respublika»lar kuchlari o‘rtasidagi artilleriya otishmalaridan keyin yonib ketgan dala maydoniga qarab turgan ayol.
Gleb Garanich / Reuters/ Scanpix / LETA
Mahalliy fermer Sergey rossiyaliklar snaryadidan hosil bo‘lgan o‘rani ko‘rsatmoqda, uning dalasi Donetsk oblasti sharqidagi Ptiche qishlog‘ida joylashgan. Sergey o‘z hosilini sota olmasligi, chunki u yashaydigan hududga xavfli bo‘lgani uchun hech kim kelishni istamasligini aytadi
AP Photo/Efrem Lukatsky
Fermer Sergey o‘z bug‘doy hosilini to‘plamoqda
AP Photo/Efrem Lukatsky

Kiyev oblasti 

O‘qqa tutishlar oqibatida shikastlangan bino, Borodyanka posyolkasi.
Natacha Pisarenko / AP / Scanpix / LETA
Kiyev atrofidagi Borodyanka posyolkasida vayron bo‘lgan binolar oldidan velosipedda o‘tayotgan kishi
AP Photo/Natacha Pisarenko

 

Mavzuga oid