Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron: Zelenskiy Rossiya bilan muzokara boshlashiga to‘g‘ri keladi
Emmanuel Makron 16 iyun kuni Kiyevga tashrif buyurishi mumkin.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukraina urushga barham berish uchun Rossiya bilan muzokara olib borishiga to‘g‘ri kelishini aytdi.
"Ukraina prezidenti va uning mansabdor shaxslari Rossiya bilan muzokaralarni boshlashiga to‘g‘ri keladi", - dedi Makron Ruminiyaga tashrifi chog‘ida.
Xabar qilinishicha, Makron Ruminiyada NATO missiyasi doirasida ushbu mamlakatga joylashtirilgan fransuz harbiylari bilan uchrashgan.
Fransiya prezidenti Ruminiyadan Moldovaga yo‘l olishi kutilmoqda.
Avvalroq Italiya bosh vaziri Mario Dragi, Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 16 iyun kuni Kiyevga tashrif buyurishi mumkinligi aytilgandi.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026