O‘zbekiston | 13:10 / 15.06.2022
10980
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda yuz bergan avariyada 3 nafar o‘zbekistonlik jarohat olgan

15 iyun kuni Qozog‘istonning Jambil viloyati Jambil tumanida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusning yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida 3 nafar fuqaro jarohat olgan. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, G‘arbiy Yevropa - G‘arbiy Xitoy respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘li 544-kilometrida Qozog‘iston Jambil viloyatida 15 iyun kuni taxminan soat 03:00 da yuk mashinasida yong‘in boshlanishi natijasida qatnov to‘xtagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik haydovchi boshqaruvidagi boshqa yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan 4 ta mashinaga urilishi natijasida ushbu mashinalar yonib ketgan.

Ushbu hodisa oqibatida 1 kishi vafot etgan, 10 kishi (shundan 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi) esa tan jarohati olgan.

Jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan. Vafot etganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.

Hozirgi vaqtda hodisa O‘zbekistonning Olmaotadagi bosh konsulxonasi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashesi tomonidan nazoratga olingan.

Bundan oldin Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus YTHga uchragani xabar qilingandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid