Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda piyoda vafot etdi
Haydovchi Vaz-2109 mashinasi bilan Jizzax-Paxtakor yo‘nalishida harakatlanib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 35 yoshli piyodani urib yuborgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 11 iyun kuni soat 2:05 larda 4R-33 Jizzax-Paxtakor avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumani Qang‘li mahallasidan o‘tuvchi 13 kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transporti hodisasi sodir bo‘lgan.
Jizzax shahri Xayrobod mahallasida yashovchi shaxs Vaz-2109 mashinasi bilan Jizzax-Paxtakor yo‘nalishida harakatlanib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan Nurafshon mahallasida yashovchi 35 yoshli piyodani urib yuborgan.
Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u vafot etgan.
Qayd etilishicha, Sharof Rashidov tumani IIB tomonidan hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Jizzaxda qoidalarni buzgan holda harakatlangan Lacetti urib yuborgan Damas yonib ketgandi.
Mavzuga oid
13:39
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
23:31 / 16.01.2026