Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin 29 iyun kuni Turkmanistonga boradi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 29 iyun kuni Turkmanistonga boradi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov xabar bergan.
Putin Turkmaniston poytaxti Ashxoboddagi Kaspiy sammitida ishtirok etadi. Sammitga Turkmaniston mezbonlik qilishi haqida bir kun avval Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova xabar bergan edi.
Oxirgi marta bunday formatdagi sammit 2018 yil Qozog‘istonda o‘tkazilgan. Unda Kaspiy bo‘yidagi davlatlar Qozog‘iston, Turkmaniston, Eron, Ozarboyjon va Rossiya yetakchilari ishtirok etgan. O‘sha sammitda Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risida konvensiya qabul qilingan.
10 iyun kuni Putin Moskvada Turkmanistonning yangi prezidenti Serdar Berdimuhamedovni qabul qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Putin Ukrainada urush boshlangach, ilk marta Rossiyadan tashqaridagi tadbirda qatnashadi. Rossiya prezidenti 14-15 sentabr kuni ShHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelishi ham e’lon qilingan.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026