Salqin havo, shaldiroq soy, ajoyib tog‘lar - issiqda borishga arziydigan G‘ova
G‘ova qishlog‘i Namangan viloyati, Chust tumanining shimoliy qismida, qo‘shni Qirg‘iziston bilan chegara hududda tog‘ oralig‘ida joylashgan. Tiniq va zilol suv oquvchi G‘ovasoy, musaffo havosi bilan G‘ova qishlog‘i uzoq yillardan buyon vodiy ahlining dam olish, hordiq chiqarish maskaniga aylanib ulgurgan.
Bu yerda aholi asosan dehqonchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik va asalarichilik bilan shug‘ullanadi.
Qishloq hududi katta qismi tog‘ bilan tutashib ketgani, qishloq o‘rtasidan soy oqib o‘tgani va aholi tomonidan ko‘plab daraxtlar ekilgani hududning salqin havosini ta’minlaydi.
Shu boisdan ham yozning issiq kunlarida Andijon, Farg‘ona hamda Namanganning boshqa tumanlaridan va Chust tumanining boshqa qishloqlaridan ham G‘ovada dam olish uchun kelishadi.
Qishloq kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, G‘ovada kartoshka ekmaydigan xonadonni topish amrimahol. Dehqonchilikning qiziq tomoni shundaki, ekinni yerga qadash, unga ishlov berish va hosilni yig‘ish ishlari ot va eshaklar yordamida amalga oshiriladi.
Qishloqda kartoshka shunchalik ko‘p ekiladiki, mavsumda qishloq hududida kartoshkani ulgurji sotuvchi alohida bozor tashkil qilinadi. Dehqonlarning aytishicha, ba’zida bu bozordan kuniga 500 tonnagacha kartoshka boshqa hududlarga sotilar ekan.
Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal deyishganidek, G‘ova qishlog‘ini ham o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni tavsiya etamiz.
Suratlar muallifi – Boymirza Xalilov
Mavzuga oid
16:39 / 15.11.2024
Namangan viloyat sudi raisi o‘rinbosarining qilmishi yashirilmoqda: yopig‘lik qozon yopig‘ligicha qoladimi?
12:19 / 07.10.2024
Namanganda o‘zganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi
18:33 / 02.10.2024
Namanganda qadimiy yerosti yo‘laklari, isitish tizimi va sopol quvurlar topildi
21:19 / 05.09.2024