Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyadagi qamoqxonada sodir bo‘lgan isyon natijasida 49 kishi halok bo‘ldi
Isyon ko‘targan mahbuslar matraslarni yoqib yuborgan. Natijada yong‘in kelib chiqqan va 49 nafar mahbus yong‘in qurboni bo‘lgan.
Kolumbiya janubi-g‘arbidagi Tulua shahrida joylashgan qamoqxonada yuz bergan tartibsizliklar oqibatida 49 nafar mahbus halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat qamoqxonalar agentligi rahbari Tito Kastelyanos ma’lum qildi.
Kastelyanosning so‘zlariga ko‘ra, isyon ko‘targan mahbuslar matraslarni yoqib yuborgan. Natijada yong‘in kelib chiqqan va 49 nafar mahbus yong‘in qurboni bo‘lgan.
Uning ma’lumot berishicha, 30 kishi jarohatlangan. Qamoqxonada 1267 nafar mahbus bo‘lib, yong‘in sodir bo‘lgan blokda 180 kishi bo‘lgan.
Kolumbiya prezidenti Ivan Duke Tuluadagi fojia bo‘yicha tergov ishlari olib borilishini aytdi.
Mavzuga oid
19:54 / 28.04.2026
AQSh zarbxonasida Kolumbiya kartellariga tegishli oltin topildi
08:46 / 24.03.2026
Kolumbiyada harbiy samolyot quladi
10:55 / 04.02.2026
Kolumbiya prezidenti Petro Oq uyda Tramp bilan uchrashdi
20:46 / 08.01.2026