Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada hukumatdan norozi fermerlar avtobanlarni to‘sib qo‘ydi
Niderlandiya hukumati fermerlarni azot chiqindilarini sezilarli darajada kamaytirishga majbur qilmoqchi. Bu ko‘plab qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini bankrot qilishi mumkin, shuning uchun ular norozilik namoyishlarini uyushtirdi.
Niderlandiyaning ko‘plab hududlarida fermerlar hukumatning azot chiqindilarini kamaytirish rejalariga norozilik bildirib, bir necha soat davomida transport harakatini to‘xtatib qo‘ydi. 27 iyun, dushanba kuni o‘nlab traktorlar va pichan yordamida avtomagistrallar, kirish yo‘llari va qishloq yo‘llari to‘sildi. Mamlakat shimolidagi Groningen provinsiyasida Germaniya bilan chegaradagi bir qancha chegara punktlari yopildi.
Rasmiylarga ko‘ra, tirbandliklar bir necha kilometrlarga cho‘zilgan, ayniqsa mamlakat janubi-sharqi va shimolida bu yaqqol sezilgan.
O‘nlab fermerlar turli shaharlardagi hokimliklar binolari, shuningdek, teleradiostansiyalar milliy markazi – Xilversyumdagi Mediaparkda norozilik namoyishlarida ishtirok etdi. Kechqurun g‘azablangan fermerlar tabiat vaziri Kristianna van der Val-Zeggelinkning qarorgohi oldida to‘plandi.
Niderlandiya Oliy sudining qaroriga ko‘ra, azot chiqindilari sezilarli darajada kamayishi kerak - xususan, tabiiy hududlarda ularning ko‘rsatkichi taxminan 70 foizga qisqarishi lozim. Biroq, hukumatga ko‘ra, bu chorvachilik fermalarining uchdan bir qismini bankrotlikka olib kelishi mumkin, chunki azotning asosiy qismi qishloq xo‘jaligida ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid
18:05 / 16.06.2026
“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026