Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil parlamenti o‘zini o‘zi tarqatib yuborishga ovoz berdi
Isroilda yana parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi - oxirgi to‘rt yil ichida beshinchisi. Bosh vazir lavozimi Naftali Bennetdan liberal «Yesh atid» partiyasi rahbari Yair Lapidga o‘tadi.
Foto: Picture Alliance
Isroilda deputatlar parlamentni tarqatib yuborish uchun ovoz berishdi va bu to‘rt yildan kamroq vaqt ichida beshinchi saylovlarga yo‘l ochib berdi. 30 iyun, payshanba kuni knessetni tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlash uchun 92 deputat ovoz berdi, qarshi ovozlar ham, betaraflar ham bo‘lmadi.
Yangi saylovlar 1 noyabrga belgilangan. Isroilda sakkiz partiyadan iborat hukmron koalitsiya o‘tgan hafta boshida tarqatib yuborildi. Isroil bosh vaziri Naftali Bennet yarim tundan boshlab o‘z lavozimini liberal «Yesh atid» partiyasi rahbari, tashqi ishlar vaziri Yair Lapidga topshiradi. Bennett saylovda qatnashmasligini e’lon qilgan.
O‘ng kuchlar vakili Bennett va liberal Lapid o‘tgan iyun oyida tarixda birinchi marta Isroilning barcha siyosiy partiyalari, shu jumladan arab partiyalari vakillarini o‘z ichiga olgan hukmron koalitsiya tuzishga kelishib oldilar. Bunday koalitsiyaga kelishda Bennet va Lapid birinchi navbatda Isroilni 12 yil davomida boshqargan bosh vazir Benyamin Netanyahuni ag‘darishni maqsad qilgan.
Mavzuga oid
12:17 / 05.05.2026
Isroilni qoralagan Yulduz Usmonovaning Nyu Yorkdagi konserti bekor qilindi
17:31 / 03.05.2026
“AQSh-Eron: Tramp imkoniyat oynasini ochiq qoldiryapti” - siyosatshunos
18:02 / 01.05.2026
Infantino jonli efirda Isroil va Falastinni yarashtirishga urindi
09:38 / 30.04.2026