Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga qo‘shimcha yordam doirasida qanday qurollar yuborishi ma’lum bo‘ldi
AQSh Rossiya hujumiga qarshi mudofaalanayotgan Ukrainaga qo‘shimcha 820 million dollarlik yordam ajratishi haqida e’lon qilgandi.
Yangi ajratilgan yordam paketidan ikkita havo hujumidan mudofaa uchun NASAMS zenik-raketa komplekslari, HIMARS birvarakayiga o‘t ochuvchi raketi tizimlari uchun o‘q-dorilar o‘rin olgan. 155 mm kalibrli HIMARSlar uchun 150 mingta o‘q-dori yuboriladi. Shuningdek, Ukraina kontrartilleriya radarlari ham oladi.
Pentagon Norvegiyaning Ukrainaga havo hujumidan himoyalanish uchun raketa tizimlari yuborganini ham e’tirof etgan. NASAMS zenit-raketa komplekslari 1990-yillarda aynan Norvegiyaning Kongsberg Defence & Aerospace hamda AQShning Raytheon kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan.
Bunday turdagi zamonaviy komplekslardan qanotli raketalar, dron, samolyot va vertolyotdan amalga oshiriladigan hujumlarga qarshi foydalanish mumkin. Bunday komplekslarga o‘rnatilgan raketalar 20 km.dan 180 km.gacha uzoqlikdagi, 21 km.gacha balandlikda bo‘lgan nishonlarni yo‘q qila oladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu yordam paketini tarixiy deb atadi: «AQSh prezidentiga agressorga qarshi kurashdagi yordami uchun rahmat aytaman. G‘alaba tomon birgalikda boramiz», deb yozdi Zelenskiy Tvitterdagi sahifasida.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
09:59 / 10.06.2026