Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda videoselektor o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida videoselektor yig‘ilishini o‘tkazib, barcha tumanlar bilan muloqot qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida bo‘lib turibdi.
Bugun tongda videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, barcha tumanlar bilan muloqot qilindi. Tuman hokimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.
Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining kechagi murojaatidan keyin vaziyat barqarorlashgan, hayot o‘z maromiga qaytmoqda.
Ma’lumki, kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etilgan edi. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududining komendanti ushbu holat bo‘yicha axborot berib, vaziyat to‘liq nazoratga olinganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
18:52
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
15:15
Shavkat Mirziyoyev Yangihayotda barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi
13:42