O‘zbekiston | 20:22 / 04.07.2022
12005
1 daqiqa o‘qiladi

MIB Samarqand viloyat boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

MIB viloyat boshqarmasining avvalgi boshlig‘i A.Zokirov Samarqand viloyat prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Foto: MIB

Bosh prokuror buyrug‘i bilan Mehroj Nasrullayev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

M.Nasrullayev 1982 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ish faoliyatini 2005 yilda Sud ijrochilarining Chirchiq shahar bo‘limi sud ijrochisi vazifasida boshlagan va bir qator mas’ul lavozimlarda ishlab kelgan. 2010 yilda Sud departamentining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i sifatida xizmat qilgan.

MIB organlarida ish faoliyatini 2019 yildan boshlagan.

Mazkur tayinlovga qadar, M.Nasrullayev Byuroning Shayxontohur bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Mavzuga oid