Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik taekvondochi qiz ilk bor jahon reytingi peshqadamiga aylandi
Charos Qayumova taekvondo sport turi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon reytingida birinchi o‘rinni egallagan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.
Koreyada bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatidan so‘ng taekvondochilarning yangilangan reytingi e’lon qilindi. Unda Charos Qayumova -53 kg vaznda 126.84 ball bilan ayollar tasnif jadvalida peshqadam bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik taekvondochi qizga aylandi.
Qit’a chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasining ushbu yo‘nalishdagi boshqa vakillari ham o‘z o‘rinlarini mustahkamladi. Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati kuchli o‘ntalikdan jami olti nafar O‘zbekiston sportchisi joy olganini ma’lum qildi.
Erkaklar
-63 kg:
1. Xoan Kala (Ispaniya) - 140.74 ball
13. Niyoz Po‘latov (O‘zbekiston) - 64.90
-68 kg:
1. Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) - 293.44
2. Ulug‘bek Rashitov (O‘zbekiston) - 262.31
-74 kg:
1. Daniel Kesada (Ispaniya) - 132.58
10. Jasurbek Jaysunov (O‘zbekiston) - 80.40
-80 kg:
1. Maksim Xramsov (Rossiya) - 304.34
9. Shuhrat Salayev (O‘zbekiston) - 141.13
-87 kg:
1. Migel Soaresh (Braziliya) - 190.64
13. Nikita Rafalovich (O‘zbekiston) - 61.60
+87 kg:
1. Vladislav Larin (Rossiya) - 259.96
25. Shohrux Rajabov (O‘zbekiston) - 56.87
Ayollar
-53 kg:
1. Charos Qayumova (O‘zbekiston) - 126.84
2. Tatyana Minina (Rossiya) - 116.70
-62 kg:
1. Karolayn Santos (Braziliya) - 202.24
4. Feruza Sodiqova (O‘zbekiston) - 111.71
+73 kg:
1. Byanka Uolkden (Buyuk Britaniya) - 352.07
7. Svetlana Osipova (O‘zbekiston) - 156.07
Mavzuga oid
20:07 / 13.04.2026
Toshkentda taekvondo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi
18:30 / 11.04.2026
Toshkent taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
08:53 / 13.08.2025
To‘qayev taekvondo bo‘yicha qora kamar oldi va taxtani sindirdi
15:02 / 30.06.2025