Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» yangi bosh murabbiyini e’lon qildi
Bugun, 5 iyul kuni «PSJ» klubi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoaning yangi bosh murabbiyi tanishtirildi.
Foto: PSJ
Parij klubini yangi mavsumdan boshlab Kristof Galte boshqaradigan bo‘ldi. Parijliklar yangi bosh murabbiyni «Park de Prens» stadionida tanishtirishdi. Fransiyalik 55 yoshli mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzolandi.
«Jamoamizning yangi bosh murabbiyi Kristof Galteni sizga tanishtirishdan mamnunman. Bugundan yangi maqsad hamda vazifalar bilan jamoamizda yangi era boshlanmoqda. Biz bu murabbiyning «Sent-Eten», «Lill» va «Nitssa»dagi faoliyatini kuzatib, jamoamizga taklif etdik. Fransuz mutaxassisining klub loyihasiga qo‘shilganidan juda ham xursandmiz», - dedi «PSJ» prezidenti Nossir Al-Hilayfiy taqdimot marosimida.
Ma’lumot uchun, Parij klubi 4 o‘yindan beri Galte jamoalariga («Nitssa», avvalgisi «Lill») gol ura olmayapti.
Avvalroq, parijliklar Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqargandi. Argentinalik mutaxassis bir yarim yil davomida klubda faoliyat yuritdi.
Mavzuga oid
22:20 / 29.04.2026
PSJ va «Bavariya» futbol sha’ni uchun jang qilib, birgalikda g‘olib bo‘lishdi
14:07 / 29.04.2026
Finaldan oldingi final. «PSJ» va «Bavariya» tarixiy o‘yin o‘tkazdi
02:10 / 15.04.2026
«Barselona» kambek qilolmadi
12:01 / 09.04.2026