Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda har yili «Islom olamida turizm haftaligi» o‘tkaziladi
Bu haqda Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo mamlakatlar turizm vazirlari tomonidan imzolangan kelishuvda belgilab qo‘yildi.
27–29 iyun kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar turizm vazirlari ishtirokida Islom konferensiyasining XII sessiyasi o‘tkazildi.
Jumladan, unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.
Konferensiya davomida Islom turizmini rivojlantirish bo‘yicha Strategik yo‘l xaritasi, turizm investitsiya loyihalarini amalga oshirish, pandemiyadan keyingi davrda sohani tiklash, Islom madaniyati va merosini targ‘ib qilish, sayyohlik ko‘rgazmalarini o‘tkazish va shu kabi mavzular muhokama qilindi.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Aziz Abduhakimov Xiva shahrining sayyohlik salohiyati haqida so‘z yuritdi. Shu mavzuda taqdimot o‘tkazildi, videofilmlar namoyish etildi.
Shuningdek, Xiva shahri 2024 yildagi Islom dunyosining turizm poytaxti deb e’lon qilindi. 2024 yilda Xiva shahrida Turizm vazirlarining XIII Islom konferensiyasini tashkil qilish va har yili O‘zbekistonda «Islom olamida turizm haftaligi»ni o‘tkazishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, IHT davlatlari o‘rtasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha rezolyutsiya ham qabul qilindi.
Mavzuga oid
11:00
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026