Jamiyat | 15:45 / 06.07.2022
55604
2 daqiqa o‘qiladi

Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlarini e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilangan. 

9 iyul kuni O‘zbekistonda hayit namozi o‘qiladigan vaqtlar:  

  • Andijon viloyatida - 05:05 
  • Buxoro viloyatida - 05:35 
  • Jizzax viloyatida - 05:20 
  • Navoiy viloyatida - 05:30 
  • Namangan viloyatida - 05:05 
  • Samarqand viloyatida - 05:25 
  • Sirdaryo viloyatida - 05:20 
  • Surxondaryo viloyatida - 05:25 
  • Toshkent viloyatida - 05:15 
  • Toshkent shahrida - 05:20 
  • Farg‘ona viloyatida - 05:05 
  • Xorazm viloyatida - 06:00 
  • Qashqadaryo viloyatida - 05:30 
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 06:05.

Eslatib o‘tamiz, 1 iyul kuni imzolangan «Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi prezident qarorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayitining birinchi kuni 9 iyul – shanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risidagi axboroti inobatga olinib, Qurbon hayiti bayramini o‘tkazish chora-tadbirlari belgilangan edi. 

Prezidentning avvalroq qabul qilingan farmoniga muvofiq, Hayit ayyomi munosabati bilan o‘zbekistonliklar uchun iyul oyida quyidagicha qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.  

  • 9 iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
  • 10 iyul (yakshanba) – odatiy dam olish kuni;
  • 11 iyul (dushanba) – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16 iyul (shanba)dan ko‘chirilgan dam olish kuni. 

Avvalroq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ijtimoiy tarmoqlarda «Hayit namozi o‘qilmaydigan bo‘ldi», degan mazmunda tarqatilayotgan xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga oid