«Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda «Hayit namozi öqilmaydigan böldi, bu borada Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşi fatvosi e’lon qilindi» degan mazmundagi yolğon (feyk) xabarlar tarqalmoqda. Mazkur xabarlar asossiz va haqiqatga mos kelmaydi», - deyiladi idora bayonotida.

Ma’lum qilinişiça, uşbu xabarlarda pandemiya davrida – 2021 yil iyul oyida e’lon qilingan ma’lumot takroran tarqatilmoqda. Joriy yilda Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşi bunday fatvo çiqarmagan.

«Özbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallaniş körsatkiçlarida özgarişlar bölayotgan bölsa-da, lekin ommaviy tadbirlarni çeklaş yuzasidan Respublika maxsus komissiyasining qarori e’lon qilingani yöq», - deyiladi bayonotda.

Şuningdek, Musulmonlar idorasi Qurbon hayiti namozini öqiş yuzasidan özgariş bölsa, rasmiy naşrlarda e’lon qilinişini bildirib, asossiz va haqiqatga töğri kelmaydigan xabarlarni tarqatmaslikni iltimos qilgan.

Eslatib ötamiz, 1 iyul kuni imzolangan «Qurbon hayitini nişonlaş töğrisida»gi prezident qarorida Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşining Qurbon hayitining birinçi kuni 9 iyul – şanba kuniga töğri kelişi töğrisidagi axboroti inobatga olinib, Qurbon hayiti bayramini ötkaziş çora-tadbirlari belgilangan edi.