O‘zbekiston | 11:14 / 06.07.2022
11345
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda Yunon-Baqtriya tarixi muzeyi tashkil etiladi

Foto: Kun.uz

Turizm va madaniy meros agentligi axborot xizmatining xabar berishicha, Surxondaryo viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi, Boysun tumani hokimligi va tuman kadastr bo‘limlari xodimlaridan iborat ishchi guruh Yunon-Baqtriya tarixi muzeyini tashkil etish bo‘yicha dastlabki ishlarni boshlagan.

Dastlab muzey uchun ajratilgan joylarning koordinatlari aniqlanib, hudud xaritasiga kiritildi. 21x14 metr maydonda muzey loyihasini tuzish bo‘yicha kelishib olingan.

Qayd etilishicha, hozirda Madaniy meros agentligi tomonidan yodgorlikning muhofaza hududini belgilash, obektni pasportlashtirish, restavratsiya va konservatsiya qilish bo‘yicha ham loyihalar tayyorlanmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid