Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerosti suvlarini samarasiz ishlatganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
So‘nggi yillarda 21 ta tumanda yerosti suvining satxi 20 metrgacha pasayib ketgan. Joylarda ayrimlar buni tushunib yetmay, undan xo‘jasizlarcha foydalanmoqda, deya ta’kidlandi 8 iyul kuni prezident huzurida o‘tgan yig‘ilishda.
Qayd etilishicha, 2021 yilning o‘zida 1 200 ta noqonuniy quduq burg‘ilash holati aniqlangan.
“Shu bois prezident yerosti suvlaridan oqilona foydalanishni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Ayni maqsadda yerosti suvlarini samarasiz ishlatganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Shuningdek, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida yerosti suvi zaxirasini oshirish choralari ko‘rilayotgani aytildi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy qilish, Qashqadaryoda bu bo‘yicha klaster tashkil etishga qaratilgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yig‘ilishda geologiya sohasidagi vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
11:37 / 09.10.2025
Tabiatga uyushtirilgan hujum 839 million so‘mga tushdi
19:17 / 26.08.2025
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
14:58 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi
21:05 / 19.05.2025