Samarqandda Zarafshon daryosi o‘zanidagi 4 gektar butazor yonib ketdi
Daryo o‘zanida joylashgan butazorga noma’lum shaxslar o‘t qo‘ygan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yil 8 iyul kuni tushdan so‘ng Zarafshon daryosi Qoradaryo irmog‘ining Samarqand tumani "Zaxlik" mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi qirg‘oq mintaqasida yovvoyi holda o‘sadigan yulg‘unzor noma’lum shaxslar tomonidan yoqib yuborilgan.
Holat tuman FVB yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan tezkor tartibda bartaraf etilgan. Aniqlanishicha, yong‘in oqibatida 4 gektar yer maydonidagi buta va yulg‘unlar yonib ketgan.
Qayd etilishicha, hozirda Samarqand tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi va tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan holat yuzasidan qonunda belgilangan tartibda surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Zarafshon milliy bog‘ida yong‘in sodir bo‘lgan va daraxt va butalar yonib ketgandi.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024
Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi
22:29 / 12.09.2024