O‘zbekiston | 08:41 / 11.07.2022
7952
2 daqiqa o‘qiladi

Nodavlat sport-ta’lim muassasalariga davlat binolari bepul ijaraga beriladi

Foto: Kun.uz

“Nodavlat sport-ta’lim muassasalarida olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash va ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2022 yil 1 iyuldan sport sohasidagi maktabdan tashqari nodavlat sport-ta’lim muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy etiladi:

  • yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib hamda sovrindor bo‘lgan sportchilar tomonidan tashkil etilgan nodavlat sport-ta’lim muassasasi uchun davlatning bino va inshootlarini 2024 yil 1 yanvargacha ijara to‘lovlarisiz berish;
  • 2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha nodavlat sport-ta’lim muassasasi tomonidan xizmatlarni ko‘rsatish uchun foydalaniladigan bino va inshootlar ijara to‘lovi xarajatlarini 50 foizga kamaytirish.

Nodavlat sport-ta’lim muassasasini bojxona bojini to‘lashdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. 

Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan nodavlat sport-ta’lim muassasalari trenerlariga bir martalik pul mukofotlari to‘lanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid