O‘zbekiston | 08:49 / 11.07.2022
4575
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Turkiyadan 3,3 ming tonna tovuq go‘shti olib kelindi

Turkiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi aytildi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumot bilan chiqdi.

Foto: TASS

Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-may oylarida Turkiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmida tovuq go‘shti yetakchi pozitsiyani egallab turibdi – 3,3 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan tovarlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • mandarin – 3 ming tonna;
  • makkajo‘xori – 2 ming tonna;
  • kakao va shokolad – 961 tonna;
  • olma – 874 tonna;
  • qandolat mahsulotlari – 521 tonna;
  • margarin mahsulotlari – 484 tonna;
  • sut mahsulotlari – 319 tonna;
  • banan – 197 tonna;
  • bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 16 tonna.

Bundan oldin O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari asosan Qozog‘iston va Rossiyadan olib kelinayotgani xabar qilingandi

O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-may oylarida import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda – 37,9 foiz.

Отабек Матназаров
Muallif Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid