Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda uzoq masofadagi mahallalarda tibbiyot punkti tashkil etiladi
“Qoraqalpog‘istonda 2022–2024 yillarda aholi salomatligini muhofaza qilishni yanada kuchaytirish to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.
2022 yil yakunigacha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan mahallalarda qo‘shimcha 34 ta mahalla tibbiyot punktlari tashkil etiladi, tez tibbiy yordam xizmati 63 ta yangi tez tibbiy yordam maxsus avtotransportlar bilan ta’minlanadi.
2022 yil 1 sentabrdan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va oilaviy poliklinika filiallari negizida 16 ta oilaviy shifokor punktlari tashkil etiladi, bolalar orasida ko‘p uchrayotgan kasalliklarni erta aniqlash maqsadida 2–10 yoshli bolalar orasida gelmintoz, 12–15 yoshli qizlar orasida kamqonlik kasalligi bo‘yicha skrining dasturlari joriy etiladi.
2022 yil 1 iyuldan leprozoriylarda ishlaydigan barcha xodimlarning lavozim maoshiga 50 foiz miqdorida ustama belgilanadi.
Kamida 3 yillik ish stajiga ega oilaviy shifokorlar birlamchi bo‘g‘inda tor soha mutaxassisi sifatida ishlashi uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qayta tayyorlash kurslarida o‘qitiladi.
Tibbiyot OTM bitiruvchilari hamda tibbiyot muassasalari mutaxassislari tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmatida ishlashi uchun Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qayta tayyorlash kurslarida o‘qitiladi;
2022–2024 yillarda kamida 75 nafar tibbiyot xodimlari nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuboriladi.
Mavzuga oid
16:10 / 06.10.2025
Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti immunitet sohasidagi kashfiyotlar uchun berildi
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025