O‘zbekiston | 11:50 / 11.07.2022
7210
3 daqiqa o‘qiladi

Senat soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

“Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Foto: Senat.uz

Senat yigirma sakkizinchi yalpi majlisida muhokama qilingan yangi tahrirdagi “Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi qonun soliq maslahatchilari institutini shakllantirish, soliq maslahati sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish va soliq to‘lovchilarga malakali soliq maslahati xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash tizimni yaratishga qaratilgan.

Qonun bilan soliq maslahati sohasini tartibga solish vakolati jamoatchilik tashkiloti bo‘lgan Soliq maslahatchilari palatasiga o‘tkazilmoqda.

Soliq maslahatchilari palatasi soliq maslahati sohasida faoliyatni rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha funksiyalarni bajaradigan, soliq maslahatchilari, soliq maslahatchilari tashkilotlarining ixtiyoriy a’zoligi asosida tashkil etiladigan kasbiy birlashmasi hisoblanishi belgilangan.

Moliya vazirligining soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini tugatish, soliq maslahatchilari kasbiy darajasini rivojlantirish kabi asosiy funksiyalari Soliq maslahatchilari palatasiga o‘tkazilmoqda.

Qonunda yillik tovar aylanmasi oxirgi 3 yil mobaynida 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliq maslahatchilar tomonidan soliqlar bo‘yicha berilgan xulosalari soliq organlari tomonidan tan olinishi ko‘zda tutilgan.

Soliq maslahatchisi advokatlik tuzilmalari, auditorlik tashkilotlari, buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa yuridik shaxslarning shtatida, shuningdek, davlat organlarida asosiy ish joyi bo‘yicha ishlaydigan soliq maslahatchilariga malaka sertifikati amal qilishi tugatilmasligi ko‘rsatilgan.

Qonun bilan soliq maslahati xizmati turlari kengaytirilmoqda va soliq maslahatchilariga bir qator huquqlar berilmoqda. Soliq maslahatiga oid xulosani sudlarda va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda soliqqa oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni ko‘rib chiqish chog‘ida asos sifatida taqdim etish huquqi berilmoqda.

Soliq maslahatchilari tashkiloti soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar bilan bir qatorda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha konsalting xizmatlari, investitsiya loyihalarini tahlil qilish, ekspertizadan o‘tkazish va monitoring qilish kabi xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid