O‘zbekiston | 12:49 / 11.07.2022
5596
1 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Norov Rossiyaga tashrif buyuradi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyaga bo‘lajak tashrifi haqida ma’lumot berildi. Tashqi ishlar vazirligi rasmiy axborot bilan chiqdi.

2022 yil 11-12 iyul kunlari tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaga tashrif buyuradi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tashrif doirasida Rossiya parlamenti, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa idoralarda qator uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tashrif dasturida rossiyalik ekspertlar, vatandoshlar, o‘zbek diasporasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid