O‘zbekistonda repetitorlik narxlari oshdi
Repetitorlik narxlari bir oyda o‘rtacha 0,4 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning iyun oyida repetitorlik narxlari may oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,4 foizga oshgan.
Qayd etilishicha, repetitorlik narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 2,8 foizga oshgani kuzatilgan.
Repetitorlik narxlari o‘tgan yil mos davriga nisbatan, ya’ni bir yilda o‘rtacha 9,4 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.
Bundan oldin O‘zbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni keskin ko‘paygani xabar qilingandi.
2021/22 o‘quv yili boshiga respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5,1 ming nafarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
16:17 / 03.01.2025
«Palov indeksi»: O‘zbekistonda osh narxi bir yilda qanchaga oshdi?
16:47 / 30.12.2024
2024 yilda AQShda uysizlar soni rekord darajaga yetdi
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024