Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilya Yashinga Rossiya armiyasi haqida «feyklar» tarqatish ayblovi qo‘yildi
Yashinga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishiga 7 aprel kuni YouTube-kanalidagi ko‘rsatuv sabab bo‘ldi, unda Yashin Ukrainaning Bucha shahrida rossiyalik harbiylar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar haqida gapirib bergan.
Foto: IMAGO
Rossiya Tergov qo‘mitasi (RF TQ) muxolifatchi siyosatchi Ilya Yashinni Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari to‘g‘risida ataylab yolg‘on ma’lumot tarqatishda aybladi (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 207.3-moddasi). Bu haqda 13 iyul, chorshanba kuni «Interfaks»ga muxolifatchining advokati Vadim Proxorov ma’lum qildi. Xuddi shu kuni Moskvaning Basmanniy sudi Yashinga nisbatan ehtiyot chorasini tanlashi kutilmoqda.
Kuni kecha Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Ilya Yashinga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgani ma’lum bo‘ldi. 7 aprel kuni Yashinning rossiyalik harbiy xizmatchilar tomonidan Ukrainaning Bucha shahrida tinch aholiga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar haqida hikoya qilingan YouTube-kanalidagi ko‘rsatuv jinoiy ishga sabab bo‘ldi. Politsiya xodimiga bo‘ysunmaganlikda ayblanib, 12 iyul kuni ma’muriy qamoqqa olingan siyosatchining Moskvadagi xonadonida tintuv o‘tkazildi.
Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksiga 207.3-modda «Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari, Rossiya Federatsiyasining davlat organlari tomonidan vakolatlarini amalga oshirish to‘g‘risida qasddan yolg‘on ma’lumotni ommaviy ravishda tarqatish» Ukrainaga hujum boshlanganidan bir oy o‘tib, 25 mart kuni kiritilgan. Buning uchun jazo «5 yilgacha muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish, 10 yildan 15 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish»ni nazarda tutadi.
Mavzuga oid
23:06 / 19.12.2025
Turkiya mamlakat hududiga Rossiya droni qulaganini ma’lum qildi
22:42 / 19.12.2025
Ukraina O‘rtayer dengizida birinchi marta Rossiyaning «yashirin floti» tankeriga zarba berdi
22:17 / 19.12.2025
Putin katta matbuot anjumanini o‘tkazdi va jang maydonidagi muvaffaqiyatlarni e’lon qildi
21:57 / 19.12.2025