Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda uchta avtobus yo‘nalishi harakatiga o‘zgartirish kiritildi
Vazirlar Mahkamasi qarorlari talablaridan kelib chiqqan holda, 50-, 109A- va 86-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati va jadvallari soniga o‘zgartirish kiritildi.
Foto: Kun.uz
«Toshshahartransxizmat» axborot xizmati xabariga ko‘ra, «5-Avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 50-sonli «Yunusobod mavzesi 9-daha - M.Yusuf ko‘chasi» avtobus yo‘nalishi harakati Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan T.Malik, Binokor, Milliy bog‘ ko‘chalari orqali «Chingeldi mahallasi» bekatigacha tashkil etilib, yo‘nalish 50-sonli «Yunusobod mavzesi 9-daha - Chingeldi mahallasi» avtobus yo‘nalishi deb nomlandi va yo‘nalishdagi jadvallar soni hafta barcha kunlariga 5 (+1) ta etib belgilandi.
«8-Avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 109A-sonli «Chuqursoy temiryo‘l stansiyasi - Chorsu metrosi» avtobus yo‘nalishi to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakati Qorasaroy, A.Qodiriy, Zarqaynar ko‘chalari orqali «Chorsu metrosi» bekatigacha tashkil etilib, qaytish yo‘nalishi o‘zgartirishsiz qoldirildi.
«12-Avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 86-sonli «Sergeli mavzesi 12-daha - Chilonzor buyum bozori» avtobus yo‘nalishi ish tartibi soat 5:30 dan 21:00 gacha, yo‘nalishdagi jadvallar soni shanba va yakshanba kunlariga 4 (+2) tadan etib belgilandi.
Mavzuga oid
23:07 / 17.02.2026
Toshkentda farzandini 7-qavatdan chiqargan ayolning ruhiy holati tekshiriladi
20:20 / 17.02.2026
Toshkentda yuz bergan yong‘inda ayol va ikki bola halok bo‘ldi
11:56 / 17.02.2026
Toshkentda yaroqlilik muddati o‘tgan tibbiy reagentlar savdosi fosh etildi
11:31 / 17.02.2026