YeI kengashi Xorvatiyaning yevrohududga qo‘shilishini ma’qulladi
Xorvatiya Yevropa ittifoqining umumiy valutasidan foydalanadigan 20-mamlakatga aylanadi. U 2023 yil 1 yanvardan yevroga o‘tadi.

Foto: Picture Alliance
Yevropa ittifoqi kengashi yakuniy tarzda Xorvatiyaning 2023 yil 1 yanvardan yevro hududiga qo‘shilishi uchun zarur bo‘lgan huquqiy hujjatlarni ma’qulladi. Bu haqda YeI kengashi matbuot xizmatining 12 iyul, seshanba kuni chop etilgan bayonotida aytiladi.
Unda qayd etilishicha, aktlardan birida Xorvatiyaning amaldagi valutasi – kunaning bir yevro uchun 7,53450 kuna kursi belgilangan. Bu hozirgi kursga mos keladi.
Xorvatiya yevrohududga qo‘shilgan 20-davlatga aylanadi. Iyun oyi boshida Yevrokomissiya Xorvatiya umumiy Yevropa valutasiga o‘tish uchun zarur bo‘lgan mezonlarga javob berishini bildirdi. Oradan bir oy o‘tib, Yevroparlament deputatlari Xorvatiyaning kelasi yil boshidan yevro hududiga qo‘shilish iltimosiga rozi bo‘ldi.
Joriy yilning boshida Xorvatiya milliy banki Xorvatiya yevro va yevrosenti tangalari to‘plamini taqdim etdi. Tangalarning milliy tomoni dizaynida avval kelishilgan naqshlar aks etgan. Ikki yevrolik tanga uchun - bu Xorvatiya xaritasi, bir yevrolik tanga uchun - suvsar tasviri, 50, 20 va 10 yevrosentlik tangalar uchun - taniqli olim Nikola Teslaning portreti, besh, ikki va bir yevrosent uchun - Glagolitik harflar alifbosi kollaji. Shu bilan birga, barcha tangalar fonida shaxovnitsa - Xorvatiya gerbi tasvirlangan.
YeI shartnomasiga ko‘ra, Yevropa ittifoqining Daniyadan tashqari barcha davlatlari kelishuvda belgilangan mezonlarga javob bersa, yevro hududiga qo‘shilishi kerak. Hozirda yevro 19 ta Yevropa ittifoqi davlatida qo‘llaniladi. Litva 2015 yilda yevro hududiga oxirgi bo‘lib qo‘shilgan edi. Ba’zi davlatlar - Polsha, Chexiya va Vengriya - yevroni joriy qilmaslik uchun ataylab bu mezonlarni bajarishga shoshilmayapti.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

15:11 / 27.05.2025
YeMB rahbari: Global iqtisodiy o‘zgarishlar yevroni kuchaytirishi mumkin

21:14 / 14.04.2025
Xorvatiyada og‘ir tan jarohati olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

10:39 / 25.03.2025
O‘zbekiston va Xorvatiya migratsiya bo‘yicha hukumatlararo bitimni ishlab chiqadi

15:02 / 24.03.2025