Jahon | 22:39 / 14.07.2022
11240
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya bosh vaziri iste’foga chiqishini ma’lum qildi

Mario Dragining so‘zlariga ko‘ra, boshida hukumatni qo‘llab-quvvatlagan umummilliy ko‘pchilik endi yo‘q.

Foto: Reuters

Italiya bosh vaziri Mario Dragi iste’foga chiqishga qaror qilganini bildirdi, deb xabar berdi ANSA agentligi.

«Bugun kechqurun respublika prezidentiga iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza berishimni e’lon qilmoqchiman», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik. 

Dragining so‘zlariga ko‘ra, u parlamentdagi inauguratsiya nutqida ijroiya hokimiyati hukumat dasturini bajarish uchun yaqqol istiqbol bo‘lgan taqdirdagina oldinga yurish imkoniyatiga ega bo‘lishini aytganini eslatib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, endilikda bunday sharoit mavjud emas.

Uning xulosa qilishicha, boshida hukumatni qo‘llab-quvvatlagan umummilliy ko‘pchilik endi yo‘q.

Avvalroq parlamentda Dragi hukumatiga nisbatan ishonch bildirish bo‘yicha ovoz berish o‘tkazilgan, hukmron koalitsiya tarkibiga kiruvchi «Besh yulduz» harakati ovoz berishda qatnashishdan bosh tortgandi.

Mavzuga oid