O‘zbekiston | 07:26 / 14.07.2022
4615
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada Vladimir Norov va Sergey Lavrovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Moskva shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norovning Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar konstruktiv o‘zaro manfaatli siyosiy muloqot, iqtisodiy diplomatiyani va madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada jadallashtirish tarafdori ekani qayd etildi.

Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar jahon va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdi. BMT, MDH, ShHT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bo‘lajak tadbirlarning tashkiliy va mazmunli jihatlari, jumladan, 2022 yil 28-29 iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Rossiya tomoniga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni va uning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid