O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi
Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2022 yil 13 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norovning Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Turli darajadagi bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida keng ko‘lamli va puxta ishlarni amalga oshirishning muhimligi qayd etildi.
Bundan oldin Moskvada Vladimir Norov va Sergey Lavrovning uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
16:43 / 27.12.2024
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga start berildi
10:43 / 27.12.2024
Qirg‘iziston ayrim Ko‘rfaz davlatlari fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024