Belarusda siyosiy faollar oilasiga sud hukmi chiqarildi
«Yosh front» Belarus muxolif harakatining sobiq rahbari Dmitriy Dashkevich 1,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, uning rafiqasi uch yillik «uy kimyosi» bilan jazolandi.
Minskning Moskva tuman sudi «Yosh front» Belarus muxolif harakatining sobiq rahbari Dmitriy Dashkevichni 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Dashkevichning rafiqasi Anastasiya 3 yillik «uy kimyosi» jazosiga hukm qilindi (Belarusda bu axloq tuzatish muassasasiga yuborilmasdan ozodlikni cheklash bilan bog‘liq jazo turi hisoblanadi), deb xabar berdi Belarusning «Vesna» inson huquqlari markazi 14 iyul, payshanba kuni o‘z Telgram-kanalida.
Dashkevichlar 2020 yil 23 avgust kuni Minskda o‘tkazilgan norozilik aksiyasida qatnashgani uchun sudlandi. Prokuror har ikkala ayblanuvchiga ham 1,5 yil haqiqiy qamoq jazosi berishni so‘radi, biroq sudya Anastasiya bir oy oldin to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirganini inobatga olib, boshqacha qaror qabul qildi. Belarusda «uy kimyosi» «axloq tuzatish muassasasiga yuborilmasdan erkinlikni cheklash» deb hisoblanadi: mahkum bir qator shartlar ostida ozodlikda qoladi - politsiya bo‘limiga xabar berish va ma’lum soatlarda uyda qolish.
Dmitriy Dashkevich 2004-2015 yillarda «Yosh front» harakatini boshqargan. Uning uchun bu uchinchi qamoq jazosi. 2006 yilda u «ro‘yxatdan o‘tmagan tashkilot nomidan faoliyat yuritish» moddasi bilan 1,5 yil, 2011 yilda esa «bezorilik» moddasi bilan ikki yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Mavzuga oid
15:04 / 24.12.2024
Davlat departamenti AQSh fuqarolarini Belarusni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
18:53 / 10.12.2024
Lukashenko: Belarusda o‘nlab yadroviy kallaklar bor
17:21 / 09.12.2024
Lukashenko yana 32 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
19:40 / 06.12.2024