O‘zbekiston | 13:39 / 15.07.2022
9913
2 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolar pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritiladi

Qonunchilik palatasi majlisida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Foto: Getty Images

Majlisda qayd etilganidek, amaldagi qonunchilikka muvofiq pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi.

Bugungi kunda pensionerning oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyatiga oid bo‘lgan davrlari uchun sug‘urta badallari (ijtimoiy soliq) to‘langan bo‘lsa-da, bu davrlardagi, shuningdek, o‘rtacha oylik ish haqi miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdori o‘n baravaridan ortiq bo‘lganda qolgan summa miqdori pensiya hisoblashda inobatga olinmaydi.

Deputatlar aytishicha, qabul qilinishi taklif etilayotgan ushbu tartib ish haqi miqdori, ish staji va pensiya miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlash orqali pensiya tizimida ijtimoiy adolatning qaror topishiga yordam beradi.

Ushbu tartib nafaqat 2023 yil 1 yanvardan keyin pensiyaga chiqadigan fuqarolar, balki 2023 yil 1 yanvardan oldin tayinlangan pensionerlar uchun ham taalluqlidir.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid