Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya yevrohududda rekord darajadagi inflatsiyani prognoz qilmoqda
Yevrohududda inflatsiya yiliga o‘rtacha 7,6 foizni tashkil qiladi, deyiladi Yevrokomissiyaning yozgi prognozida. Bahorgi prognozda inflatsiya darajasi 6,1 foizni tashkil etgandi.
Ukrainadagi urush va energiya tashuvchilarga yuqori narxlar fonida Yevrokomissiya yevrozonada rekord darajadagi yuqori inflatsiyani kutmoqda - yiliga o‘rtacha 7,6 foiz. Bu haqda YeI komissiyasining 14 iyul, payshanba kuni chop etilgan yozgi prognozida aytiladi. Bahorgi prognozda, may oyida inflatsiya darajasi 6,1 foizni tashkil etgandi.
Umuman Yevropa ittifoqida ekspertlar narxlarning avvalgi 6,8 foiz o‘rniga 8,3 foizga oshishini taxmin qilmoqda. Shu bilan birga, 2023 yilda inflatsiya, Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, deyarli ikki baravar kamayishi kerak: yevrohududda o‘rtacha 4 foizgacha va butun Yevropa ittifoqida 4,6 foizgacha.
Iqtisodiy o‘sish bo‘yicha, Yevrokomissiya 2022 yilda Yevropa ittifoqi iqtisodiyoti 2,7 foizga o‘sishini taxmin qilishda davom etmoqda. Yevrohudud 2,6 foizga o‘sishi kutilmoqda, bu may oyidagi prognozdagi mos ko‘rsatkichdan biroz kamroq (2,7 foiz).
Biroq, 2023 yil uchun Yevropa ittifoqi komissiyasi o‘z prognozlarini pastga qarab qayta ko‘rib chiqdi. Yevropa ittifoqida umumiy o‘sish 1,5 foiz, yevrohududda esa 1,4 foiz bo‘lishi kutilmoqda. May oyida iqtisodchilar Yevropa ittifoqida ham, yevro hududida ham 2,3 foizni kutishgan. Prognoz qilingan qiymatlarning sezilarli darajada pasayishi sabablaridan biri energiya bozorlaridagi vaziyat bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
17:44 / 17.06.2026
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
08:20 / 12.06.2026
Dunyoda inflatsiya qayerda eng yuqori va eng past?
21:44 / 05.06.2026