Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada jazirama issiq oqibatida 360 kishi vafot etdi
Mamlakat meteorologiya agentligi haroratning xavflilik darajasini sariq (xavfli) va to‘q sariq (yuqori darajada xavfli) deb e’lon qildi.
Ispaniyada jazirama issiq olti kun ichida 360 kishining umriga zomin bo‘ldi, deb xabar berdi «Yevropa Press».
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Karlos III salomatlik instituti ma’lumotlariga ko‘ra, birgina 15 iyul kuni yuqori harorat natijasida 123 kishi vafot etgan.
Xabar qilinishicha, mamlakatda havo harorati 45 darajagacha ko‘tarilgan.
Ispaniya meteorologiya agentligi haroratning xavflilik darajasini sariq (xavfli) va to‘q sariq (yuqori darajada xavfli) deb e’lon qildi.
Ayrim regionlarda bu ko‘rsatkich qizil darajagacha (favqulodda xavfli) belgilangan.
Mavzuga oid
11:06 / 06.08.2025
Eronda jazirama tufayli davlat idoralari va banklar yopiladi
19:23 / 27.07.2025
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi
11:38 / 23.07.2025
SSV jazirama tufayli allergik reaksiyalar paydo bo‘lishidan ogohlantirdi
14:26 / 22.07.2025