Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda tanishining mashinasini olib qochgan ayol YTHga uchradi
Andijon viloyati Asaka tumanida 19 yoshli ayol tanishining avtomobilini olib qochdi.
2022 yil 11 iyul kuni soat 00:30 larda Asaka tumanida yashovchi 19 yoshli N.D. (ayol) o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 22 yoshli A.I.ning (erkak) Cobalt rusumli avtomashinasida Asaka tumani "Arg‘in" MFY Janon-2 ko‘chasiga birga kelib, haydovchi A.I.ning mashinadan tanishlari bilan gaplashish maqsadida tushib ketganidan va mashina dvigatelini o‘chirmasdan kalitni o‘zida qoldirib ketganidan foydalanib, avtomashina rul boshqaruviga o‘tirib, A.I.ning ruxsatisiz mashinani olib qochgan.
So‘ngra Asaka—Shahrixon transport qatnov yo‘lining Shahrixon yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib, Shahrixon tumani hududiga yetganida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan N.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urgani aniqlanmoqda. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
14:02 / 09.06.2026